O‘runov “Spartak”ni kuchaytirolmaydi!

  • 5 dekabr, 2020, 21:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Qozog‘istonning “Astana” jamoasini boshqarayotgan sobiq “spartakchi” Andrey Tixonov Moskva klubida bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabatini  bildirdi.

Tecno

- To‘g‘ri baho berish uchun klubdagi vaziyatni ichidan bilish kerak. Shunisi aniqki, O‘runov, Kokorin va Mozes jamoani kuchaytira olmaydi. Kokorinni nega olishganini umuman tushunmadim. Hamma bundan ko‘pini kutgandi. Muxlislar bu transferlarni qabul qila olmayapti, - dedi Tixonov.

“Spartak” joriy mavsumda chempionlik uchun kurashayotgan bo‘lsa-da, bosh direktor Shamil Gazizovning transfer siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Buning natijasida “Ufa”dan olib kelingan mutaxassis klubni tark etadigan bo‘lyapti. Gazizovning ketishi u transfer qilgan Oston O‘runovning faoliyatiga ham ta’sir qilmoqda.

Moskvada “o‘zbekcha derbini” ko‘ra olmadik

Kutilmagan yangilik. Tedesko O‘runovdan voz kechdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!