
O‘runov “Spartak”da qoladigan ko‘rinadi. Oston uchrashuvning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘ldi!
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan “Spartak” navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Belarus chempioni “Shaxtyor” bilan kuch sinashdi. Biz uchun qizig‘i esa, har ikki jamoa tarkibida o‘zbek futbolchilari – Oston O‘runov va Shahzod Ubaydullaevning borligi bo‘ldi.
Uchrashuvda moskvaliklar 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. “Spartak” tarkibida ishonchli o‘yin namoyish etgan Oston O‘runov butun uchrashuvda to‘liq harakat qilgan ikki futbolchidan biri bo‘ldi.
- “Spartak” uchrashuvning katta qismida hujum uyushtirishda muammolarga duch keldi. Oston O‘runov raqib darvozasiga xavf solgan yagona futbolchi sifatida gavdalandi. Ha, u gol ura olmadi, lekin xavfli hujumlar bilan ajralib turgani ham bir natija. O‘runov bahsni to‘liq o‘tkazdi va yomon o‘ynamadi. Uning o‘yini futbolchini ijara yoki transferdan qutqaradimi yoki yo‘q, buni bilmadik-ku, lekin Oston bosh murabbiy Domeniko Tedesko bergan topshiriqlarning hammasini mahorat bilan uddaladi. Ikkinchi bo‘limda maydonga o‘yinga tushirilgan futbolchilardan faqatgina Ayrton jamoa o‘yinini biroz kuchaytira oldi xolos, - deb yozadi Oston O‘runovni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topgan football.kulichki.net sayti.
“Shaxtyor” vakili Shahzrd Ubaydullaev uchrashuvning 87-daqiqasida o‘yinga qo‘shildi va o‘ziga ajratilgan bir necha daqiqa ichida bor imkoniyatini ko‘rsata olmadi.
Fikrlar