
O‘runov o‘ynayotgan tarkib dunyoda eng qimmatlar reytingiga kirdi
Transfermarkt portali kuchli beshlik ligalaridan tashqari dunyodagi milliy chempionatlarda eng qimmat tarkibga ega klublar reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, kuchli uchlikdan «Benfika», «Ayaks» va «Portu» jamoalari joy oldi.
Oston O‘runov o‘ynayotgan «Spartak» (Rossiya) tarkibining transfer summasi 107,1 million evroni tashkil qilgan. Moskvaliklar reytingda 17-pog‘onadan joy oldi.
Eng badavlat tarkibga ega jamoalar bilan tanishing:
- «Benfika» (Portugaliya) — € 302,7 mln
- «Ayaks» (Niderlandiya) — € 291,5 mln
- «Portu» (Portugaliya) — € 255 mln
- «Zenit» (Rossiya) — € 180,3 mln
- PSV (Niderlandiya) — € 163,6 mln
- «Sporting» (Portugaliya) — € 149,4 mln
- «Bryugge» (Belgiya) — € 144,2 mln
- «Red Bull Zaltsburg» (Avstriya) — € 144 mln
- TsSKA (Rossiya) — € 138,2 mln
Fikrlar