O‘runov "modnyy" yigit!

  • 5 oktabr, 2022, 07:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasi vakili “Ural”ning kongolik legioneri Illoy-Ayet Emmerson Sport24 nashriga bergan intervyusida yangi jamoadaoshi Oston O‘runov haqidagi savolga ham javob berib, legionerimizning kiyinishdagi didi haqida gapirdi.

Tecno

Esingizda bo‘lsa, Oston O‘runov 2020 yili “Ufa”dan “Spartak” jamoasiga o‘tganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarga Gucsi va Louis Vuitton kabi brendlardan xarid qilingan qimmatbaho kiyimlar suratini e’lon qilgandi.

16032733652133143154

Hamyurtimizning bu ishi turli gap-so‘zlarning ko‘payib ketishiga sabab bo‘lgan va ayrim mutaxassislar hamda futbolchilar O‘runovni tanqid ostiga olgan edi.

Emmersondan ham O‘runovning kiyinish uslubi haqida so‘rashdi. Javob o‘ziga xos bo‘ldi!

- O‘runov Ekaterinburgda ham Louis Vuitton kiyimlarida yuradimi?

- Faqatiga Louis Vuitton brendida emas. Juda e’tibor berib qaramaganman, lekin Oston turli moda uylaridan keltirilgan kiyimlar bor.

Agar uning bunga qurbi etsa, shunday kiyinishni yoqtirsa, nega bu ishni qilmasligi kerak?

“Ural”ning asosiy himoyachilaridan hisoblangan Illoy-Ayet Emmerson professional futbolchilik faoliyati davomida Ukrainaning “Chernomorets”, “Karpati”, “Olimpik Donetsk”, Daniyaning “Vayle”, Gonkongning  “Gonkong Fuli”, Rossiyaning “Armavir”, “SKA Xabarovsk” jamoalarida to‘p tepgan.

26 yoshli futbolchi yozgi transferlar mavsumida Ekaterinburg jamoasiga ko‘chib o‘tdi va Rossiya premer-ligasida to‘qqizta, mamlakat kubogida uchta uchrashuv o‘tkazib, jamoadoshlariga bitta golli pas uzatdi.

orig_389805

Oston O‘runov “Ural” safidaga 2 sentyabr kuni ko‘chib o‘tgan. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan legionerimiz Ekaterinburg jamoasida hozircha premer-ligada ikkita va kubok bahsida bitta o‘yinda maydonga tushib, jami 79 daqiqa harakat qildi xolos.

Orada O‘zbekiston milliy terma jamoasining Janubiy Koreyada tashkil etilgan yig‘inida qatnashgan 21 yoshli futbolchimiz Kamerunga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida raqiblar darvozasiga to‘p kiritib, hamyurtlarimizning 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Oston O‘runov “Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, “sherlar” tarkibida etarlicha imkoniyatga ega bo‘lmagan yarim himoyachi Namanganga yo‘l oladi. “Navbahor”da o‘z salohiyatini ko‘rsata olgan yosh futbolchi tez orada Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga ko‘chib o‘tadi.

2020 yilning boshida “Ufa” toshkentlik temiryo‘lchilardan Oston O‘runovning transferini sotib oldi. Dastlabki yarim yillikda kreativ o‘yini bilan ko‘pchilikni lol qoldirga o‘zbek futbolchini  Rossiyaning bir necha klublari o‘z safiga chorlaydi.

O‘runovning legionerga aylanishiga katta hissa qo‘shan Shamil Gazizov uni o‘zining ortidan “Spartak”ga olib o‘tadi. Movskva klubida ufalik mutaxassisning rahbariyat bilan munosabatlari buzilgan uning futbolchiga aylanib qolgan Ostonning ham ishlari yurishmay qoldi.

Nihoyat, bir yarim mavsum davom etgan mavhumliklardan keyin, 21 yoshli futbolchimiz “Spartak” bilan 2025 yilning yarmigacha  tuzilgan shartnomani bekor qilib, “Ural”ga ko‘chib o‘tdi.

volga_3

Ekaterinburg klubi O‘runov bilan 2024 yilning 30 iyunigacha bitim tuzgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!