O‘runov: Masharipov maydonda, Jeparov zaxirada, meni esa sotib yuborishadi!

  • 20 dekabr, 2024, 11:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov hozirda Eronning "Persepolis" jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Legionerimiz Eronning eng reytingi baland ko‘rsatuvlaridan birida mexmon bo‘ldi. 

Tecno

Boshlovchi unga ancha qitmir savol berdi:

Server Jeparov, Jaloliddin Masharipov va Oston O‘runov. Bu uch futbolchini birini maydonga tushiring, ikkinchisi zaxirada qolsin, uchinchisini sotib yuboring!

Uning javobi esa quyidagicha bo‘ldi:

Masharipov maydonga tushadi, Jeparov zaxirada qoladi. Meni esa sotib yuborishadi. Sababi, meni transferimdan kattagina pul ishlab olish mumkin", - dedi 24 yoshli vinger.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!