
O‘runov borishi mumkin bo‘lgan yagona klub bor!
Rossiyaning https://metaratings.ru sayti yaqin o‘tmishdagi eng yorqin futbolchilarimizdan biri Ja’far Irismetov bilan uyushtirilgan intervyuni e’lon qildi.
Jurnalist bilan suhbatda o‘zbek futbolida bir necha rekordlarni qayd etgan Irismetov Rossiya presmer-ligasida o‘ynagan va o‘ynayotgan hamyurtlarimiz haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan.
Ma’lumki, Rossiya premer-ligasida porlagan Eldor Shomurodov kuchli beshlik chempionatlaridan biri – Italiya ligasiga yo‘l oldi va avvaliga “Jenoa”, hozir esa “Roma” sharafini himoya qilmoqda. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Pari Nijniy Novgorod”, Hojimat Erkinov “Torpedo” klublarining asosiy o‘yinchilariga aylandi.
Biroq, Oston O‘runovning “Spartak”, “Ufa” va “Ural”dagi faoliyatida o‘ta omadsiz chiqdi va u ayni paytda jamoasiz yuribdi.
Jafar Irismetovning o‘zi Toshkent viloyatining “Do‘stlik” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik Gretsiyaning “Panatinaikos”, Rossiyaning “Spartak”, “Chernomorets”, “Anji”, Belarusning “Slaviya”, Ukrainaning “Krivbass”, Qozog‘istonning “Qayrat”, “Alma-Ata”, “Aktobe”, Xitoyning “Lyaonin Xunyong”, O‘zbekistonning “Dinamo Samarqand”, “Paxtakor”, “Sho‘rtan”, “Qizilqum”, “Navbahor” jamoalarida to‘p tepgan.
O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston chempioni. O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 36 ta uchrashuvda 15 ta to‘p kiritgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston chempionatlarida bir necha bor to‘purarlar bahsida g‘olib chiqqan. Bir mavsumda 45 ta gol urib, O‘zbekiston rekordini o‘rnatgan.
— Oston O‘runov “Ural”ni tark etdi. Sizningcha, Oston nega Rossiyada o‘zini yorqin jihatlarini ko‘rsata olmadi?
- Avval ham uning xarakteri biroz og‘irroq ekanini aytganman. “Paxtakor”da sport direktori bo‘lib ishlaganimda u bilan munosabatda ancha qiyinchilik bo‘lgan. Uning shartnomasida ketish to‘g‘risida band bor edi. Olib qolishga juda ko‘p uringanman, lekin bo‘lmagan. 16 yoshli o‘smir edi, oddiy narsalarga ham xafa bo‘laverardi. “Paxtakor”ning asosiy tarkibi bilan mashg‘ulot va o‘yinlarda qatnashmaganidan arazlar edi. Xarakteri juda murakkab.
Rossiyada nega o‘ynab ketolmadi, buni bilmayman. “Spartak” unga mos jamoa emasligini bilinib turgandi. O‘yin uslubi to‘g‘ri kelmadi, kam o‘ynadi, bir juft o‘yinini ko‘rganman xolos. “Ufa”da yaxshi boshlagandi, “Spartak”ga o‘tgani omadsiz bo‘ldi.
“Ural”dan nega ketdi?... Bosh murabbiy bilan mojaro bo‘lganini yozishdi. Bu rost yoki yolg‘onligini bilmayman, lekin Ostonni yaxsht bilganim uchun shunday bo‘lganini taxmin qilishim mumkin. Agar unga kam o‘yin amaliyoti berilgan bo‘lsa, shunday qilish unga xos.
- O‘zbekistonga qaytish istiqboli qanday?
- “Navbahor” qiziqayotgani haqida yozishyapti. “Paxtakor” haqida biron nima deyish qiyin. Hozirgi bosh murabbiy uni taniydimi, yo‘qmi, bu mavhum. Qaytishi mumkin bo‘lgan yagona klub “Navbahor”, chunki u erda Ostonni yaxshi bilishadi. Qaytadigan bo‘lsa, o‘sha jamoaga boradi.
Janubiy Koreya klubi ham O‘runovga qiziqayotganini bilaman. Balki o‘sha erga ketar.
Oldin O‘runov boy berganlarini qayta qo‘lga kiritishi kerak. Unga o‘zini ko‘rsata oladigan jamoa kerak. Hali yosh va muxlislarga hozirgacha bo‘lgan holat noto‘g‘ri ekanini isbotlashga imkoniyati bor. Lekin hammasini o‘zi hal qiladi.
Oston O‘runov "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida "Navbahor", "Lokomotiv", "Ufa", "Spartak", "Ural" jamoalari sharafini himoya qilgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ettita uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan.
Ana xolos. O‘runovning “Ural”dan ketishiga janjal sabab bo‘lgan!
Shomurodov o‘rniga Ronaldu!
“Roma” yutqazdi, Shomurodov “sehrli tayoqcha” bo‘lolmadi, g‘azablangan Mourino nimalar dedi?
Italiyalik muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?
Fikrlar