
O‘rtoqlik o‘yinlari. PSJ durang o‘ynadi, "Chelsi" va "Manchester Siti"da g‘alaba
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Evropaning top jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi.
Yozgi transfer oynasida bir nechta yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib olgan PSJ "Sevilya"ga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdagi gollarga Ivan Rakitich, Oskar Rodriges – Ikardi va Najera mualliflik qildi.
Shuningdek, Tomas Tuxel boshchiligidagi "Chelsi" Chempionship vakili "Bornmut"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Marez va Edozining gollari esa "Manchester Siti"ga "Preston" ustidan g‘alaba olib keldi.
Fikrlar