O‘rtoqlik o‘yini. Bosh murabbiysiz yig‘inga ketgan "Bunyodkor" ilk o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

  • 16 yanvar, 2023, 22:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Bunyodkor" BAAda yig‘in o‘tkazmoqda. Bosh murabbiy Ivan Boshkovichsiz xorijga yo‘l olgan "qaldirg‘ochlar" bugun "Al-Vahda" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. O‘yin taqdirini yagona gol hal qildi. "Al-Vahda"ning argentinalik yarim himoyachisi Fokundo Kruzskiy zaxiradan maydonga tushib, 67-daqiqada mezbonlarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. 

Tecno

"Al-Vahda": Muhammad Al Shamsi, Lukas Peminta, Faris Juma, Abdulloh Al Xarbi, Rubin Filipp, Allan, Abdulloh Hamad, Adrian Silva, Tahnoon Al Zaabi, Xuan Luka, Pedro.

"Bunyodkor": Suhrob Sultonov (Muhammad Yusuf Sobirov), Muzaffar Olimjonov (Farhod O‘tkirov; Umid Sultonov), Avazbek O‘lmasaliev (Abdulloh Omonaliev), Jasur Yoqubov (Muhammadodil Qahramonov), Davron Ergashev (Aleksandr Zevadinov), Diyor Jaloliddinov (Narimon Ahmadjonov), Akbar Ismatullaev (Aziz To‘lqinbekov; Muhammadayyub Omonov), Suhrob Izzatov (Muhammad Safo Fozilov), Rasul Yo‘ldoshev (Ollobergan Karimov; Bilol Tupliev), Igor Ivanovich (Sherzod Mirzajonov), Jasur Hakimov (Usmonali Ismonaliev).

"Bunyodkor" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!