
Ortga yo‘l yo‘q, “Real”ga o‘taman!
“Pari Sen-Jermen” rahbariyati argentinalik yarim himoyachi Leandro Paredes bilan xayrlashishga tayyor ekanini bildirgan.
2019 yildan beri Parij klubida faoliyat yuritayotgan yulduz ayni paytda klubga kerak bo‘lmay qoldi.
Tajribali yarim himoyachini birinchilardan bo‘lib sobiq jamoasi – “Roma” o‘z safiga chorlagan edi. Joze Mourino Paredes yordamida maydon markazini kuchaytirishni rejalashtirgandi.
Biroq, 27 yoshli futbolchi bir necha mavsum o‘ynagan “Roma”ga qaytishni istamadi va “Real”ga o‘tishni orzu qilayotganini aytdi.
- Har bir futbolchi bu jamoa formasini kiyishni orzu qiladi. Bu buyuk klub. Men PSJni ham qattiq hurmat qilaman, - dedi Leandro Paredes.
Argentinalik yarim himoyachi jarohatlar tufayli juda kam o‘yin o‘tkazdi. U jami 22 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol va ikkita assist qayd etdi. Bir yillik shartnomasi qolgan o‘yinchi 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar