
Messining yurtida “ketmoni uchmagan” futbolchi MYuga kelmoqda
Ijara asosida Argentinaning “Estudiantes” jamoasida to‘p surgan Markos Roxo yana “Manchester Yunayted”ga qaytadigan bo‘ldi.
Shuncha yo‘l bosib, bir qit’adan boshqasiga etib borgan futbolchi Argentina chempionatida atigi bitta uchrashuv o‘tkazdi. Jarohat va pandemiya tufayli boshqa maydonga tushmagan Roxoni o‘z yurtidan jo‘natib yuborishga qaror qilishdi.
Futbolchining o‘zi kelasi yanvar oyigacha “Estudiantes”da qolish istagini bildirgan edi. Roxoning manchesterliklar bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. Katta ehtimol bilan MYu jarohatlarga moyil o‘yinchiga yangi shartnoma taklif qilmaydi.
Fikrlar