
“Oltin to‘p”ning egasi boshqa, Benzema emas!
“Barselona”ning qanot himoyachisi Jordi Alba bu galgi “Oltin to‘p”ga qaysi futbolchi loyiq ekanini ta’kidladi.
“Oltin to‘p”ga kim munosib? Benzema mavsumni zo‘r o‘tkazdi, lekin bu sovrinni har yili Lionel Messi olishi kerak, - dedi Jordi Alba.
“Oltin to‘p” sovrini 17 oktyabr kuni topshiriladi. O‘tgan mavsumda Ispaniya chempionati va Evropa chempionlar ligasi g‘olibi va to‘purari bo‘lgan Karim Benzema ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar tomonidan nufuzli sovringa eng loyiq o‘yinchi sifatida e’tirof etilmoqda.
Lionel Messi eva “Oltin to‘p”ga etti marta ega chiqqan jahondagi yagona o‘yinchi hisoblanadi.
Fikrlar