“Oltin to‘p” sohibi Rodri aslida eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi

  • 22 noyabr, 2024, 17:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Rodri jahon futbolida eng zo‘r o‘yinchi sifatida kimni tan olishini aytib o‘tdi.

Tecno

- Dunyoning eng zo‘r o‘yinchisi kim ekani haqida menda umuman shubha yo‘q, bu Lionel Messi. Krishtianu Ronaldu esa, tug‘ma iste’dod sohibi bo‘lmasa-da, mehnat evaziga Messi bilan tenglasha oldi. Lekin faqatgina ularga qarshi o‘ynaganlar ularning farqini biladi.

Biz Krishtianu Ronaldu jarima maydonchamizga kirishini istamasdik, chunki bu o‘ta xavfli. Messi esa, har doim jarima maydonchasiga yorib kirib, bizga katta muammo tug‘dirardi.

Messining to‘pni olgani xavf-xatardan dalolat berardi. Men unga qarshi o‘ynaganimda to‘pni olib qo‘yishga harakat qilardim, biroq u doim “qochib” ketardi, - dedi Rodri.

Rodri “Manchester Siti”ga kelgunga qadar Ispaniya chempionatida to‘p tepgan. Lionel Messi Rodri egalik qilayotgan “Oltin to‘p” sovrinini sakkiz marotaba qo‘lga kiritgan. Ronaldu nufuzli sovringa besh bor loyiq ko‘rilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!