
Oliver Kan Sanening "Bavariya"ga o‘tganini izohladi
“Bavariya” klubi va Germaniya futbolining afsonaviy darvozaboni Oliver Kan “Manchester Siti” vingeri Leroy Sanening myunxenliklar safiga ko‘chib o‘tgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Biz Saneni qo‘lga kiritganimizdan judayam xursandmiz. Uning futbolchilik qobiliyatiga hech qanday shubha yo‘q. U tezlik, texnika, raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha top darajadagi futbolchi hisoblanadi. Maqsadimiz – himoyadan hujumgacha bo‘lgan hududda etakchilik o‘rnatish, Leroy bu borada muhim ahamiyat kasb etadi”, - deydi Kan.
Fikrlar