Olimpiada chempioni ringdagi o‘lim bilan bog‘liq holatlar sababini aytdi

  • 29 oktabr, 2019, 15:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik bokschi Evgeniy Tishchenko har doim ringda bokschilar o‘limi bo‘lganini ta’kidladi.

Tecno

“Patrik Dey? Juda achinarli holat. Aslida, bunday voqelar har doim bo‘lgan. Lekin hozirgi kunda jamiyatning axborotlashtirish darajasi oshgani sababli, bu katta oshkoralikni yuzaga keltirmoqda.

Bunday fojeali holatlar vazn yo‘qotish tufayli ham ro‘y berishi mumkin. Chunki tananing suvsizlanishi ba’zida yomon oqibatlarni yuzaga keltiradi. Ringga ko‘tarilganimizda ham nima bo‘lishi mumkinligini bilmaymiz. Bu boksning bir qismidir va har doim bunda xavf bo‘ladi",-dedi Tishchenko «RIA "Novosti" bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, Evgeniy Tishchenko 2016 yil Olimpiada chempioni, 2015 yilgi jahon chempionati g‘olibi, Evropa chempioni (2015, 2017), Universiada chempioni (2013) va jahon chempionatining kumush medali sohibi (2013).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!