
Olimjon Nazarov hamda Abdurasul Ismoilovning jang sanasi o‘zgardi
Bir qancha o‘zbek bokschilari professional yo‘nalishda Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi bilan ishlab kelmoqdalar. Murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boruvchi va mana shu kompaniya mijozlari hisoblangan o‘ta engil vaznli (50,8 kg) Olimjon Nazarov va engil vaznli (61,2 kg) Abdurasul Ismoilov navbatdagi jangini 30 aprel kuni Vetnamning Xoshimin shahrida o‘tkazishi kerak edi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, mazkur jang kechasining sanasi o‘zgargan va hamyurtlarimiz endi 23 aprel kuni jang qiladigan bo‘ldi. Ushbu kechada Olimjon Nazarov (25-5 15KO) o‘ziga tegishli bo‘lgan WBO Oriental mintaqaviy kamarini Filippin vakili Xerma Bolorodan (6-1, 4KO) himoya qilsa, Ismoilov (9-1, 5KO) o‘z vaznida, huddi shu mavqedagi vakant kamar uchun boshqa bir filippinlik Arji Tokueroga 13-5-3, 10KO) qarshi jang olib boradi.
Bo‘lajak bahslarda hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz.
Fikrlar