Olimjon Nazarov hamda Abdurasul Ismoilov navbatdagi g‘alabalariga erishdi!

  • 13 yanvar, 2024, 19:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 Hozirgina Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Cocky Buffalo promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi o‘zi yakuniga etdi.

Tecno

Ma’lumki ushbu promouterlik kompaniyasi bilan bir nechta bokschilarimiz hamkorlik qiladi. Bugungi kechada ham ikki nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi. 50,8 kg vaznda WBO Oriental chempionlik kamrai sohibi Olimjon Nazarov (29-5,15 KO)ushbu titulini xitoylik Vulan Tulexazidan (15-6-2,7KO) himoya qildi va 10 raund to‘liq davom etgan jangda g‘alaba qozondi.

Super engil vazn (63,5 kg) toifasida Abdurasul Ismoilov (11-2,7 KO) Liu Veyvey(4-3,2 KO) bilan to‘qnash keldi va 4- raundda texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!