
Olga Zabelinskaya bugun yana bir litsenziya qo‘lga kiritishi mumkin
Buyuk Britaniyaning Yorkshir shahri 22-29 sentyabr kunlari velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ushbu nufuzli musobaqada terma jamoamiz vakillari Murot Xolmurodov va Olga Zabelinskaya ham Tokio Olimpiadasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi pog‘onalar uchun kurash olib boradilar.
Bugun birinchilardan bo‘lib Tokio Olimpiadasiga litsenziya olgan vakilimiz Olga Zabelinskaya “Indivudual Time Trial” yo‘nalishida ham Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi. Bu yo‘nalishda ishtirokchilarning starti va qayd etayotgan natijalari alohida hisoblab boriladi. 30,3 kilometr masofaga kechadigan bahsda kuchli o‘ntalikka kira olgan sportchilar ushbu yo‘nalish bo‘yicha kelasi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqishadi.
Shuningdek, Zabelinskayaning o‘zi 28 sentyabr, Xolmurodov 29 sentyabr kuni shosseda uzoq masofaga kechadigan yakkalik poygasida ham jahon chempionligi uchun startga chiqadi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Fikrlar