Oleg Zoteev ikki oyga safdan chiqdi

  • 3 avgust, 2020, 22:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Koreya chempionati Key-2 ligasida “Chonnam Dragons” jamoasida o‘ynayotgan Oleg Zoteev 13-tur doirasida “Chedju Yunayted” bilan o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Oleg bilan bog‘landik.

Tecno

-  Ha, men o‘tgan o‘yinda maydonga tushmadim. Bunga jarohat olganim sabab bo‘ldi. Endi ikki oyga safdan chiqdim. Tizzamdan jarohat oldim va bu yoqimsiz holat edi. Mana, hozir shifoxonada muolaja olib yotibman, - deydi futbolchimiz. - Afsuski, “Chonnam Dragons” tarkibida bundan oldingi uchrashuvda jarohatga uchradim. Aniqrog‘i, “Kyonnam” bilan uchrashuvda birinchi bo‘limning 42-daqiqasida maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldim. Operatsiya stoliga yotmadim. Faqat tizzam lat egan va hozirda shifokorlarning nazorati ostida muolajalarni olyapman. Tushkunlikka tushganim yo‘q va umid qilamanki, hammasini engib o‘taman va yana safga qaytishimga ishonaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!