
OKMKning OChL-2023/24 mavsumi guruh bosqichi uchun qaydnomasi ma’lum. Ro‘yxatda yangi futbolchi bor! (Foto)
OKMKning OChL-2023/24 mavsumi guruh bosqichi uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ilk bor yangi formatda o‘tkazilayotgan Osiyo Chempionlar ligasining 2023/24 mavsumida O‘zbekistonning to‘rtta jamoasi ishtirok etadi.
Musobaqaga saralash bosqichi orqali qo‘shilgan OKMK avvaliga Olmaliqda Ummonning “Al-Sib” klubini Xurshid G‘iyosovning yagona goli evaziga mag‘lubiyatga uchratgan edi. Keyin pley-off doirasida Qatarda mahalliy “Al-Arabi” jamoasi Ruben Sanchesning goli evaziga kichik hisobda dog‘da qoldirildi.
Endi guruh bosiqichi doirasida “C” kvartetida OKMKga Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod”, Eronning “Sepahon” va Iroqning “Eyr-Fors” jamoalari raqiblik qiladi.
OKMK futbol klubi tarkibda guruh bosiqichi uchrashuvlari uchun o‘zgartirishlar kiritdi. Saralash uchrashuvlariga jamoamiz ro‘yxatida bo‘lgan va keyinchalik boshqa jamoalarga yo‘l olishgan Nodirbek Abdurazzoqov va Abdulla Abdullaev ro‘yxatdan chiqarilgan bo‘lsa, yaqindagina jamoamiz safiga erkin agent maqomida kelgan Baxtiyor Qosimov guruh bosqichi doirasida jamoamiz sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, yoshlar tarkibidan Asilbek Umrzoqov va Sirojiddin Bashriddinov chempionlar ligasi qaydnomasiga kiritildi.
Umuman olganda, OKMKning guruh bosqichi uchun topshirgan qaydnomasi quyidagi ko‘rinishda.
Fikrlar