“Barsa” Husanov transferini tasdiqlayapti!

  • 1 may, 09:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov atrofida yuzaga kelgan vaziyat ko‘pchilik qatori o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining ham diqqat markazida turibdi.

Fevral oyida “Manchester Siti”ning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilgan Abduqodir Husanov keyinchalik qisqa fursatda asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi. Xosep Gvardiola oxirgi oltita uchrashuvda 21 yoshli himoyachi xizmatidan umuman foydalangani yo‘q.

Bir necha nufuzli manbalar “shaharliklar” o‘zbek futbolchisini ijaraga berishga qaror qilganini yozdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” Abduqodir Husanovni transfer qilish imkoniyatini o‘rganib chiqayotgan ekan.

Xususan, carpetasfcb.com sayti bu borada ma’lumot chiqardi.

- Yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar oynasi oldidan “Barselona” klubining sport rejalari ham shakllanib bormoqda. Sport direktori Deku boshchiligidagi mutasaddilar tarkibni yosh va iqtidorli o‘yinchilar bilan kuchaytirish bo‘yicha ish boshlagan. Kataloniyaliklar ko‘rib chiqayotgan ko‘plab variantlar orasida Angliya Premer-ligasidan juda e’tiborni tortadigan holat namoyon bo‘ldi.

“Kamp Nou” ofisidagilar orasida tobora ommalashib borayotgan bir nom paydo bo‘ldi. Bu yosh markaziy himoyachi hali Angliya futboliga to‘liq moslashib ulgurgani yo‘q. Bu futbolchi yanvarda transfer qilinganida unga juda katta umidlar bog‘langan edi, biroq keyingi paytda ishlari biroz orqaga ketdi.

Har bir o‘yinchisiga juda talabchan bo‘lgan Xosep Gvardiola jamoa bilan integratsiya kutilgan darajada ketmayotgani bois yosh o‘yinchini asosiy tarkibdan chiqardi.

“Manchester Siti” rahbariyati futbolchining o‘sishiga to‘sqinlik qilmaslik uchun unga muhitni tezroq o‘zgartirish uchun imkoniyat yaratib berish kerakligini yaxshi anglab turibdi. “Barselona” esa, bu vaziyatdan foydalanib qolishni ko‘zlayapti. Kataloniyaliklar agar bu himoyachi “Manchester Siti”ga kerak bo‘lmay qolsa, uni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor turibdi.

Bu hikoyamiz qahramoni – Abduqodir Husanov bo‘ladi. O‘zbekistonlik markaziy himoyachi “Manchester Siti”ga joriy mavsum o‘rtasida kelgan edi. Manchesterliklar unga qo‘shib, Umar Marmush, Vitor Reys va Niko Gonsales kabi iste’dodli futbolchilarni ham transfer qilgan edi. Bu transferlar Xosep Gvardiolaning o‘z jamoasi tarkibini qisqa fursatda tezkor kuchaytirish istagi tufayli amalga oshirilgan, - deb yozmoqda carpetasfcb.com sayti jurnalisti Xuan Arrien.

 Shuningdek, boshqa manbalar ham “Barselona” rahbariyati o‘zbek futbolchisini tarkibga qo‘shib olish masalasini muhokama qilayotganini tasdiqladi. Klub sport direktori Deku Abduqodir Husanov “Barselona” amalga oshirayotgan loyihaga yordam berishiga ishonmoqda. Bu mutaxassis o‘zbek futbolchisining Frantsiya, Angliya chempionatlarida, Evropa miqyosidagi xalqaro turnirlarda ishtirok etish orqali to‘plagan tajribasi, to‘pni  yaxshi nazorat qila olishi va boshqa xususiyatlari kataloniyaliklar o‘yin uslubiga to‘liq mos kelashini ta’kidlamoqda.

Eng muhimi esa, “Manchester iti”da yuzaga kelgan vaziyat salohiyati yuqori o‘yinchini moliyaviy foyda bilan transfer qilishi imkonini berishi va bu Fair Play talablarini bajarishda muhim omil ekani aytilyapti.

“Barselona” rahbariyati o‘z odatiga ko‘ra, Abduqodir Husanovni keyinchalik sotib olish huquqi bilan avval ijara olishni mo‘ljallayapti.

Manbalarning ta’kidlashicha, “Barselona”ning rejasi hali dastlabki bosqichda o‘rganilmoqda. Ko‘r narsa “Manchester Siti”ning talablari va Abduqodir Husanovning istagiga bog‘liq bo‘ladi. Anig‘i shuki, “Barselona” noyob iqtidor egasini qo‘ldan chiqarmaslikka harakat qiladi.

Fayzullaev TsSKAdan ketishi haqida gapirdi

Shomurodov urgan golning qiymati baland bo‘lib chiqdi!

O‘zbekistonlik “iblis”! Ekspertlar Shomurodovga yana qanday ta’rif berishyapti?

Shomurodovga fanatlar yangi talab qo‘ydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998950198726
01/05/2025 12:51
Номи улуғ супраси қуруғ бўп ижарама ижара бошқа клубларда захирада қолмаса эди
&
Давлат
01/05/2025 15:54
Тугри айтасиз. Хали Гвардиолани режаси канака хеч ким билмайди.
&
Mr. Azimov
01/05/2025 14:29
Agar shu ijara transfer amalga oshsa, yaxshi bo‘lardi. Har holda city bilan barsani o‘yinchi oldi berdi aloqalari anchadan beri mavjud.