Anchelottining maqsadi boshqa: Braziliyaga ham, Saudiyaga ham bormayman!

  • 1 may, 09:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 15 iyun – 13 iyul kunlari AQShda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin lavozimini topshirishi aytilmoqda.

Italiyalik mutaxassisga Braziliya va Saudiya Arabistonidan jiddiy taklif bo‘ldi. Dastlab, braziliyaliklar bilan muzokara o‘tkazgan 65 yoshli murabbiy Braziliya terma jamoasini boshqarish taklifni qabul qilmadi.

Ko‘pchilik Anchelottining bu qarorini Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidan bildirilgan taklif bilan bog‘ladi. Shayxlar mashhur murabbiyga o‘ta katta maosh va’da qilgan edi.

COPE nashriga ko‘ra, Karloni pul qiziqtirgani yo‘q. Karlo Anchelotti 2026 yilning 30 iyunigacha tuzilgan shartnomasi tugamagunicha klubdan ketmoqchi emas. “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresning Anchelottiga munosabati juda yaxshi. Klub xo‘jayini Anchelottiga boshqa lavozim berishi mumkinligi ham aytilgandi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, ko‘p narsa mavsum yakunlanganidan keyin Karlo Anchelotti va Florentino Peresning o‘zaro uchrashuvida qanday kelishuv bo‘lishiga bog‘liq ekan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!