
OKMKga mag‘lub bo‘lgan "Al-Arabi" PSJ yulduzini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
Qatarning "Al-Arabi" klubi o‘z tarkibiga PSJ futbolchisi Marko Verattini qo‘shib olmoqchi. Klub tez orada parijliklarga rasmiy taklif bilan chiqadi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Avvalroq, yarim himoyachini "Al-Hilol" sotib olishga harakat qilgandi. Ammo tomonlar kelisha olmagani sabab bu transfer barbod bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Arabi" OKMKga qarshi Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida to‘qnash keldi va 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar