OKMK xorvatiyalik legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 30 iyul, 2024, 23:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK  Superliga mavsumining ikkinchi davrasi oldidan navbatdagi transferini e’lon qildi!

Tecno

O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi yakunlanishiga so‘nggi daqiqalar qolgan paytda OKMK FK xorvatiyalik futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Mixail Klepach 1997 yil 19 sentyabr sanasida Xorvatiyaning Nashise shahrida tug‘ilgan. OKMK FK va futbolchi o‘rtasida yarim yillik, ya’ni shu yil oxirigacha shartnoma imzolandi.


 
Yangi futbolchi o‘ng va chap qanot yarim himoyasida va hujumchi ortida birdek harakatlana oladi. Shuningdek, xorvat markaziy hujumchi rolini ham bajara oladigan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi.

"Konchilar"ning navbatdagi yangi legioneri faoliyati davomida "Osiek", "Zeleznichar", "Varazdin", "Yverdon", "Rudesh", "NK Dugopole", "Alyuminiy" va "Mura" jamoalarida to‘p surgan. Uning so‘nggi jamoasi Shveytsariya oliy ligasining "Yverdon" klubi edi. Futbolchi ushbu klublarda jami 184 marta maydonga tushib, raqib darvozalariga 33 bor yo‘l topa olgan va 15 bor golli uzatmani amalga oshirgan.

"OKMK" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!