
OKMK O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi OKMK klubi navbatdagi transferini e’lon qildi.
Yaypanning "Turon" jamoasiga tegishli bo‘lgan, Toshkentning "Olimpik" jamoasida to‘p tepgan Asadbek Rahimjonovning transfer huquqini OKMK futbol klubi to‘liq sotib oldi. OKMK va futbolchi o‘rtasida 3 yillik shartnoma imzolandi.
Ta’kidlash lozimki, Asadbek Rahimjonov O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga nomzod. Shuningdek, futbolchi Xitoyda 19-bor o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari musobaqasining bronza medali sovrindori hisoblanadi.
20 yoshli o‘yinchi o‘tgan yili “Olimpik” tarkibida jami 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Parij olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Osiyo chempionatida qatnashadi. Aynan mana shu musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun Asadbek Rahimjonov bo‘lajak mavsumni ham «Olimpik» jamoasida ijara asosida boshlaydi. Keyinchalik esa futbolchi OKMK futbol klubiga qaytadi.
Fikrlar