Og‘ir atletika. Terma jamoamizning jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilindi

CHERY AUTO

5-16 dekabr kunlari Kolumbiyaning Bogota shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Murabbiylar shtabi mazkur musobaqa uchun 11 nafar sportchini tanlab oldi. Bo‘lajak dunyo birinchiligida atletlarimiz nafaqat medallar, balki Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun ham kurash olib boradilar. To‘liq tarkib quyidagicha:

-67 kg: Adhamjon Ergashev
-67 kg: Doston Yoqubov
-73 kg: Og‘abek To‘xtaev
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov
-109 kg: Ruslan Nurudinov
+109 kg: Akbar Jo‘raev
-55 kg: Nigora Abdullaeva
-81 kg: Rigina Adashbaeva
-87 kg: Tursunoy Jabborova.

MOQ matbuot xizmati 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!