
Og‘ir atletika. Terma jamoamizda dastlabki oltin medal!
Toshkentda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Erkaklar o‘rtasida -89 kg vazn toifasida kechgan bahslarda hamyurtimiz Sarvarbek Zafarjonov oltin va kumush medallarga sazovor bo‘ldi.
Atletimiz dast ko‘tarishda 167 kg bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Shuningdek, uning ikki kurash bo‘yicha ko‘rsatgan 362 kg natijasi yana bir kumush medalni taqdim qildi.
Fikrlar