
Og‘ir atletika. Bugun jahon chempionatida Og‘abek To‘xtaevga muxlislik qilamiz
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Kolumbiyaning Bogota shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun dunyo birinchiligida erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida hamyurtimiz Og‘abek To‘xtaev yurtimiz sharafini himoya qiladi. Sportchimiz ishtirokidagi chiqish Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Og‘abek To‘xtaev "B" guruhida bahs olib boradi.
Fikrlar