
OFK rasmiy sayti Sardor Rashidov transferini e’tirof etdi
Xabaringiz bor, "Paxtakor" safida to‘p tepib kelayotgan futbolchi Sardor Rashidov Qatarning "Umm-Salal" klubiga ko‘chib o‘tgan edi. Bu transfer haqida OFK rasmiy sayti ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, hamyurtimizning Qatarga qaytishi Osiyo qit’asidagi muhim transferlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek, uning avval "Al-Jaish" va "Qatar" SK klublarida harakat qilgani ham eslab o‘tilgan.
Ma’lumot o‘rnida, "Umm-Salal" o‘tgan mavsum Qatar Yulduzlar ligasida 6-o‘rinni egallagan. Klub 22 o‘yinda 25 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar