
OFK kuz-bahor tizimiga o‘tmoqda. PFL ham Superligada shunday o‘zgarish qilishi kerakmi? - Alisher Nikimbaevdan javob
Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar ligasi mavsumining kuz-bahor tizimiga o‘tganini rasman e’lon qildi. Shu kungacha musobaqa bahor-kuz tizimida o‘tkazilayotgandi. Bu keyingi yildan amalga oshadi. Joriy mavsum esa 2022 yilning mart oyida boshlanib, 2023 yilning fevralida tugaydi. Ya’ni G‘arb mintaqasidagi guruh bosqichi o‘yinlari 7-27 aprel kunlari markazlashgan holda bo‘lib o‘tadi. Nimchorak, chorak, yarim va final bahslari esa 2023 yil fevral oyida o‘tkaziladi.
Ushbu o‘zgarishdan so‘ng klublarimiz OChLda yaxshiroq natijaga erishishi uchun balki biz ham Superligani kuz-bahor formatiga o‘tkazishimiz kerakdir, degan fikrlar yo‘q emas. Bunga qarshiliklar etarli. Chunki bu tizimga o‘tish uchun sharoitga ega emasmiz. Ho‘sh, bu borada mutaxassislar qanday fikrda?
Ayni payt Qatardagi jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi a’zosi hisoblangan Alisher Nikimbaevning fikrlarini taqdim etamiz.
Raqobatbardosh chempionat bo‘lishi uchun O‘zbekiston Superligasi formati o‘zgartirilishi kerakmi? - Alisher Nikimbaevdan javob
- OFK kuz-bahor tizimiga o‘tganini e’lon qildi. Klublarimiz Osiyo chempionlar ligasida yaxshiroq natijaga erishishi uchun biz ham Superligani kuz-bahor tizimiga o‘zgartirishimiz kerakmi?
- Buni Rossiya misolida qarasak, farq katta emas. Bitta ustun jihati shundaki, chempion noyabrda yomon maydonlarda emas, mayda yaxshi maydonlarda hal bo‘lyapti. Mavsum oralig‘i 2-3 oy o‘rniga 1 oyni tashkil qildi. Qishda ruslar o‘ynamayapti. Chunki stadionlar ichidagi isitish tizimi hammasida ham yaxshi emas.
Balki O‘zbekiston chempionati ham o‘zgartirilsa yaxshi bo‘lishi mumkin. Bizda ham noyabrgacha maydonlar holati qoniqarli bo‘lmaydi. Shu bois Superligada chempion nomi may - iyunda aniqlansa, shu tomondan yutuqdir…
OChL avgustda boshlanadigan bo‘lsa, demak yangi chempion, ya’ni 2 oylik chempion musobaqada qatnashadi.
Murod Rizaev qanday qilib Superliga kuchayishi, bu mavsum qaysi jamoalar raqobat qilishi va boshqalar haqida gapirdi
Lekin bir tomoni borki, klublarning byudjetlari asosan yil oxirida tuziladi. Masalan, klub mayda chempion bo‘ldi. Avgustda OChLda qatnashishi kerak. Jamoaning harajatlari ko‘payib ketmoqda. Buning oldini olishning qanday iloji bor?
OChL uchun mavsumni o‘zgartiradigan bo‘lsa, keyingi yili jamoa qaysi musobaqada qatnashishini dekabrda bilmaydi. Bunda balki avvaldan ko‘proq byudjetni rejalashtirish kerakdir. Bu tomonini ham o‘ylab ko‘rish darkor. Buning o‘ziga yarasha plyus va minuslari bor.
Fikrlar