O‘FA Aziz Haydarov bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 30 iyun, 2021, 13:17
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval O‘FA terma jamoalar bo‘limi rahbari Aziz Haydarov ishdan bo‘shash uchun ariza yozgandi. Ayni paytda uning masalasi hal bo‘lgan.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Haydarov o‘z arizaga binoan O‘FAdagi lavozimini tark etdi.

Aziz Haydarov 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va shu yilning yozida O‘FA terma jamoalar bo‘limida rahbarlik lavozimiga tayinlangandi.

Bir necha kun avval esa O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin O‘FAning navbatdan tashqari kongressida O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov bosh murabbiy Vadim Abramov iste’foga chiqqanini e’lon qilgandi. Jamoa sardori Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunlagandi.

Qolaversa, kongressda O‘FA rahbari Aziz Haydarovni tanqid qilgandi. Unga terma jamoamizga kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish kerakligini aytgandi.

image_2021-06-19_16-49-00

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
30/06/2021 15:35
Азизни виждони бор экан! Асосий айбдорлар бу Олимпия Кумитаси бош котиби Ойбек косимов, ПФЛ директори Диёр ва УФА ни деярли 99% ходими! Энг асосий ва катта айбдор Президентни ёшлар, спорт ва жисмоний тарбия буйича маслахатчиси онлайн пул тикишни олиб кирмокчи булган Абдужаббор Абдувахитов!
PROSTO TELE
30/06/2021 13:22
Азиздан хам кура Равшан Эрматов кетишга купрок лойик. Равшан эркак булсанг сен хам аризангни узинг ёзиб бушайсан. Мард булгин Равшанжон. Аслида сан расво килдинг узбек футболини. Сани урнингга Умид Ахмаджонов жуда зур ишлайди.