
OChL. "Nasaf" - "Al-Vehdat": Prevyu
”Ajdarlar” ertaga OChL 2-turida Iordaniyaning eng sovrindor jamoalaridan biri “Al-Vehdat” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Bu klublar ham bir-biriga begona emaslar. Jamoalar 2011 yilda OFK Kubogi yarim finalida o‘zaro ro‘baro‘ kelgan. Qarshida bo‘lib o‘tgan bellashuvda “ajdarlar” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Uchrashuvdagu yagona golga Jahongir Jiyamurodov mualliflik qilgan. Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgan. Ivan Boshkovich hisobni tenglashtirib qarshiliklarni finalga olib chiqqan.
“E” guruhi 2-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Al-Vehdat” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan ertaga soat 22:15 da boshlanadi. Bugun soat 17:00 da Ro‘ziqul Berdiev hamda yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
“Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati
Fikrlar