
OChL. Bugun legionerimizning jamoasi o‘z guruhida peshqadam bo‘lib olishi mumkin
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi 3-tur bahslariga start beriladi.
O‘zbek klublaridan "Paxtakor" o‘z o‘yinini o‘tkazsa, legionerlarimizdan Aziz G‘aniev jamoasi bilan guruh peshqadamiga qarshi maydonga tushadi. "Shabab Al-Ahli" Qatarning "Al-Garafa"siga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da start olishi rejalashtirilgan.
Mazkur qarama-qarshilik oldidan qatarliklar 4 ochko bilan birinchi, dubayliklar 2 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar