
OChL. Bugun G‘aniev jamoasi qo‘shnilarimizga qarshi maydonga tushadi
Bugun Osiyo qit’asida OChL guruh bosqichi uchrashuvlariga start beriladi.
Legionerimiz Aziz G‘aniev harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" klubi dastlabki tur bellashuvini qo‘shnilarimizga qarshi o‘tkazadi. Dubayliklarga Turkmanistonning "Ahal" jamoasi raqiblik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, G‘aniev jamoasi "C" kvartetidan o‘rin olgan bo‘lib, "Ahal", "Al-Garafa" hamda "Fulad" qarshiligini sindirishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar