
OChL. "Al Ittihod" - "Navbahor" o‘yinida qaysi referi bosh hakam bo‘ladi?
Bugungi "Al-Ittihod" - "Navbahor" o‘yinini koreyalik hakamlar boshqaradi. Bu haqda namanganliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Xabaringiz bor, jamoamiz bugun safarda Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” (Jidda) klubiga qarshi Osiyo Chempionlar ligasi (OChL) 1/8 final javob uchrashuvini o‘tkazadi.
Mazkur o‘yinni janubiy koreyalik hakamlar brigadasi boshqaradigan bo‘ldi. Shuningdek, zaxira va VAR hakamlari ham koreyalik.
Bosh hakam: Ko Xyun Jin;
Qanot hakamlari: Xon Yae Yol, Park Sangjun;
Zaxira hakami: Kim Vu Sung;
VAR hakami: Kim Jong Xyok;
AVAR: Kim Xi Gon.
Eslatib o‘tamiz, “Al-Ittihod” – “Navbahor” bahsi bugun Jiddadagi “Qirol Abdulla” sport majmuasida Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi. Bo‘lajak o‘yinda jamoamizga omad yor bo‘lishini tilaymiz.
Fikrlar