
OChL. “Al-Ayn” - “Nasaf”: Jamoalar ertangi bellashuvda qanday rangli liboslarda harakatlanishi ma’lum (foto)
Bugun Al-Ayn shahridagi “Halifa Bin Zayid” o‘yingohda “Al-Ayn” - “Nasaf” uchrashuvidan oldin ikkala jamoa vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Maydon egalari "Al-Ayn" oq rangli liboslardan, “Nasaf” esa to‘liq qizil rangli liboslardan foydalanishi kelishib olindi. Bu haqda qarshiliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, “Al-Ayn” - “Nasaf” bellashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Fikrlar
НАСАФ мухлислари ДУОДА.