OChL-2. "Andijon"ning guruhidagi holat qanday?
Akmal Shorahmedov boshchiligidagi "Andijon" klubi Osiyo Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan bahsda "Arkadag‘" bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. "Burgutlar" shu orqali turnirdagi 5 ochkosini qo‘lga kiritdi. Jamoa so‘nggi turda "Al-Axli Doxa" bilan kuch sinashadi.
5 ta turdan so‘ng guruh bosqichida "Al-Axli Doxa" 7 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. "Al-Haldiya" esa 2-o‘rinda bormoqda. "Andijon" esa 5 ochko bilan keyingi pog‘onani egallagan. 4-o‘rindagi "Arkadag‘"da esa 4 ochko mavjud.
Guruhdagi holat bilan tanishing.




Fikrlar