
Oblak "Manchester Yunayted"ga o‘tmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi darvozaboni Yan Oblak faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli sloveniyalik posbon "Manchester Yunayted"ga o‘tmoqchi.
Eslatib o‘tish lozimki, Oblak aprelda jamoasi bilan amaldagi shartnomani uzaytirgan edi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra shartnoma yangilangani bilan undagi bandlar o‘zgarishsiz qolgan.
O‘z navbatida MYu Oblakni jamoadan ketishi kutilayotgan David de Xea o‘rniga munosib ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Yan Oblak o‘tgan mavsum “Atletiko” safida La Ligada jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 20tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar