
“Nyukasl” bir juft transferga qo‘l urmoqchi
“Nyukasl” joriy mavsumda Angliya premer-ligasida eng ko‘p gol o‘tkazgan jamoa hisoblanadi. Shu bois “qarg‘alar” bosh murabbiyi Eddi Xau birinchi navbatda himoya chizig‘ini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.
Nyukaslliklar qishki transferlar vaqtida niderlandiyalik ikki himoyachi – “Manchester Siti”dan Natan Ake va “Lill”dan Sven Botmanni olib kelmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Eddi Xauga “shaharliklar” asosiy tarkibiga kirishga qiynalayotgan Natan Akening o‘yin uslubi juda yoqadi. Niderlandiyalik himoyachi bu mavsum Xosep Gvardiola qo‘l ostida etti marta maydonga tushib, bitta gol ham urdi.
Shuningdek, “Nyukasl” mutasaddilari bosh murabbiy talabiga ko‘ra, Sven Botman bo‘yicha “Lill” bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Frantsuzlar iste’dodli o‘yinchini 30 million funtga baholamoqda.
21 yoshli himoyachi Frantsiya chempionatida 12 marta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar