
"Nyukasl" "Barsa" va "Bavariya" futbolchilariga xaridor
"Nyukasl" klubi selektsiya bo‘limi yangi mavsumda jamoani kuchaytirish borasida jiddiy ish olib bormoqda.
Jurnalist Kristian Falkning ma’lum qilishicha, "qarg‘alar" rahbariyati yozda erkin agentga aylanadigan futbolchilarga ko‘proq e’tibor qaratadi. Bu borada ularning maqsadi "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino ekanligi haqida xabar bergan edik.
Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2023 yilga qadar amal qiladi. Shuningdek, klub "Bavariya" himoyachisi Niklas Zyule transferi ustida ham ish boshlashi mumkin. Boisi, germaniyalik futbolchi kelasi mavsum erkin agentga aylanadi.
Avvalroq, "Nyukasl" "Chelsi" hujumchisi Timo Verner hamda "Barselona" himoyachisi Kleman Langlega ham xaridor ekanligi xabar qilingandi.
Fikrlar