
Nursulton Ro‘ziboev "Brave FC" promoushenida 17 yil avval bo‘lgan voqeylikni takrorladimi?
11 mart kuni O‘zbekiston MMA olamining etakchi vakillaridan biri Nursulton Ro‘ziboev Bahraynning “Brave FC” promoushenida debyut qilgan edi. U frantsiyalik Ibrohim Mane bilan jang qilgan va uni birinchi raundning o‘zidayoq “Slam” uslubi bilan nokautga uchratgandi.
E’tiborlisi, ushbu uslub bilan nokaut qayd etilishi mazkur promoushenda 2004 yil sodir bo‘lgan ekan. Oradan 17 yil o‘tib, aynan hamyurtimiz shunday chiroyli uslub evaziga g‘alaba qozongan.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, Nursulton Ro‘ziboev navbatdagi jangini Ramazon oyidan so‘ng o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar