
Nufuzli turnir oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
Joriy yilning 28-31 may kunlari Nukus shahridagi 1- sonli sport maktabi manejida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘smirlar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur jahon chempionati oldidan bugun Nukus shahrida joylashgan 1- sport maktabi majlislar zalida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Erkinbay Qutibaev, xalqaro belbog‘li kurash federatsiyasi prezidenti Xabir Sabirovich, Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, yoshlar milliy terma jamaomiz bosh murabbiyi Baxtiyor Turg‘unpo‘latov hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. Ta’kidlash joiz, 28-31 may kunlari o‘tadigan ushbu jahon va osiyo chempionatining mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etadi.
Fikrlar