Noyer "Bavariya" bilan Osiyo turnesiga bormasligi mumkin. Sababi...

  • 8 iyul, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyerning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytishi keyinroqqa qoldirildi.

Tecno

Sky Sport Deutschland xabariga ko‘ra, 37 yoshli posbon avval rejalashtirilganidek keyingi haftadan boshlab umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilmaydi. O‘tgan yilning dekabr oyida oyog‘i singan Noyer ta’tildan qaytgach, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Shifokorlar darvozabonga to‘liq mashg‘ulotlarni davom ettirish uchun ko‘proq vaqt kerak deb hisoblaydi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, mavsum oldidan Noyer yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazadi va katta ehtimol bilan “Bavariya”ning Osiyo turnesini (24 iyuldan 3 avgustgacha) o‘tkazib yuboradi.

Qayd etilishicha, “Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxel darvozabonning to‘liq tayyorligi tasdiqlanishi bilanoq uni maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!