Novak Jokovich 79-sovriniga ega chiqdi

  • 1 mart, 2020, 12:55
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan turnirning bosh sovrinini qo‘lga kirtdi.
 
Novak "Dubai Duty Free Tennis Championships" musobaqasining finalida gretsiyalik Stefanos Tsitsipasga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
 
Shu tariqa faoliyatidagi 79-sovriniiga ega chiqqan serbiyalik tennischi tashkilotchilar tomonidan 565,705 AQSh dollari pul mukofoti va 500 reyting ochkosi bilan taqdirlandi.
 
Eslatib o‘tamiz, Novak Jokovich ketma-ket 21 ta uchrashuvda g‘alaba qozonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!