
Norchaev dubl qayd etgan bahsda "Nasaf" g‘alaba qozondi
Qarshining "Nasaf" klubi Turkiyadagi yig‘in doirasida Malayziyaning "Kedah Darul Aman" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Birinchi bo‘limda darvozalarga to‘p kiritilmadi. Ikkinchi taymning 60-daqiqasida raqib vakili Villian Lira hisobni ochdi. Keyinchalik, Akmal Mozgovoy, Husniddin Aliqulov, Oybek Bozorov va Umarbek Eshmurodov kabi etakchilar o‘yinga qo‘shildi. Bu o‘zgarishlar o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.
Nasrullaevning chap qanotdan oshirib bergan to‘pini Husayn Norchaev to‘xtatmasdan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. "Ajdarlar" bellashuv tizginini qo‘liga olib hujum qilishda davom etdi.
83-daqiqada Nasrullaevning uzatmasidan so‘ng to‘p raqib futbolchisining qo‘liga tegdi va hakam 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Husayn vaziyatdan unumli foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yinda darvozalarga bosh gol urilmadi.
Fikrlar