Nodirbek Yaqubboev 7.500 AQSh dollarini qo‘lga kiritdi

  • 13 avgust, 2019, 13:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Joriy yilning 6-11 avgust kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida 26-marotaba Abu Dabi Xalqaro Shaxmat Festivali(26th Abu Dhabi International Chess Festival) bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari, Xalqaro grossmeystrlar Nodirbek Yaqubboev, Nodir Abdusattarov va O‘zbekiston chempioni Javohir Sindarovlar qatnashishdi.

Tecno

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 9-turdan iborat bahsda, hamyurtimiz 7,0 ochko bilan 2 o‘rinni Nodirbek Yaqubbaev, Nodirbek Abdusattarov esa 6,0 ochko bilan 16 o‘rinni va eng yosh O‘zbekiston chempioni Sindarov Javohir esa 5,5 ochko bilan 28 o‘rinni egallashdi.

Musobaqa rasmiy sayti adchessfestival.ae keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, 27 mamlakatdan 55 grossmeystr (7 ayol), 34 Xalqaro toifadagi sport ustalari(10 ayol), umumiy 150 shaxmatchi qatnashgan turnirda, reyting-peshqadami ukrainalik Yuriy Krivoruchkolar qatnashgan bo‘lishsa-da, finalda 1-o‘rinni gruziyalik Baadur Jobava g‘olib bo‘ldi. 2-o‘rinni egallagan Xalqaro grossmeystr, Xalqaro Shaxmat akademiyasi tinglovchisi Nodirbek Yaqubbaevga kumush medal bilan birga 2- o‘rin uchun 7.500 $ (AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti ham topshirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!