
Nodirbek Yakubboev chempionlikni qo‘lga kiritdi
Nodirbek Yakubboev - Prague Chess Festival Challengers turnirining yangi g‘olibi.
Shaxmatchimiz Nodirbek Yakubboev taybrekda Jonas Bjerri ustidan g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Eng qizig‘i shuki, u turnir davomida biror marotaba mag‘lubiyatga uchramagan holda, 9 turdan 7 ochko to‘pladi. Yakubboev g‘oliblik bilan birgalikda, keyingi yili Masters guruhida ishtirok etish imkoniyatini ham qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda 23 yoshli grossmeysterimiz FIDE reytingida 67-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar