
Nodirbek Yakubbaev Abu Dabidagi shaxmat festivalida sovrindor bo‘ldi
Joriy yilning 6-11 avgust kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida 26 chi Abu Dabi Xalqaro Shaxmat Festivali(26th Abu Dhabi International Chess Festival) bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari, Xalqaro grossmeystrlar Yakubbaev Nodirbek, Abdusattarov Nodir va O‘zbekiston chempioni Sindarov Javohir qatnashishdi.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 9-turdan iborat bahsda, hamyurtimiz 7,0 ochko bilan 2 o‘rinni Yakubbaev Nodirbek, Abdusattarov Nodirbek esa 6,0 ochko bilan 16 o‘rinni va eng yosh O‘zbekiston chempioni Sindarov Javohir esa 5,5 ochko bilan 28 o‘rinni egallashdi.
Musobaqa rasmiy sayti adchessfestival.ae keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, 27 mamlakatdan 55 grossmeystr (7 ayol), 34 Xalqaro toifadagi sport ustalari(10 ayol), umumiy 150 shaxmatchi qatnashgan turnirda, reyting-favorit(eng baland reytingli shaxmatchi) ukrainalik Krivoruchko Yuriylar qatnashgan bo‘lishsa-da, finalda 1-o‘rinni gruziyalik Jobava Baadur g‘olib bo‘ldi. 2-o‘rinni egallagan Xalqaro grossmeystr, Xalqaro Shaxmat akademiyasi tinglovchisi Yakubbaev Nodirga kumush medal bilan birga 2 o‘rin uchun 7.500 $ (AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti ham topshirildi.
Fikrlar