
Nigeriya terma jamoasi Afrika Millatlar kubogini g‘alaba bilan boshladi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Misr yashil maydonlarida navbatdagi Afrika Millatlar kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun Nigeriya terma jamoasi guruh bosqichining dastlabki turida Burundini 1:0 hisobida engdi. Yagona golga "Shanxay Shenxua" klubi hujumchisi Odion Igalo mualliflik qildi.
Nigeriya – Burundi - 1:0
Gol: Igalo, 77 - 1:0.
Nigeriya: Akpeyi, Trost-Ekong, Omeruo, Ayna, Shexu (Avazem, 42), Etebo, Ndidi, Ivobi, Chukvueze, Obi Mikel (Musa, 58), Onuachu (Igalo, 73).
Fikrlar