
Niderlandiya o‘z maydonida yirik hisobda zafar quchdi
"Evro-2024" saralashidan o‘rin olgan Niderlandiya - Gretsiya to‘qnashuvi mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, De Roon hisobni ochgan bo‘lsa, Gakpo oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Taym so‘nggida Vegxorst hisobni yiriklashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "uchar gollandlar" o‘z guruhida 6 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar