Neymarning gapi “barsachi”larga yoqmadi

  • 16 dekabr, 2024, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi va “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar faoliyatining eng yorqin davrlarini qaerda o‘tkazganini aytib o‘tdi.

Tecno

- Faoliyatining sportga bog‘liq eng yorqin yillari “Pari Sen-Jermen”da o‘tgan. Lekin u erda men ko‘p marotaba jiddiy jarohatlar olib, 3-4 oyga safdan chiqqanim achinarli. Bundan juda ko‘p bezovta bo‘lardim.

Lekin futbol nuqtai nazardan PSJdagi Neymar, qolgan jamoalardagi Neymardan zo‘r bo‘lgan. Men o‘z futbolimni Frantsiya futboliga moslashtira olganimdan baxtiyorman, - dedi Neymar.

Neymar “Santos” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013 yili “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan va eng katta yutuqlarini kataloniyaliklar safida qo‘lga kiritgan.

PSJ braziliyalik blduzni 2017 yili 222 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu ko‘rsatkich hamon jahon futbolida eng qimmat transfer sifatida rekord hisoblanadi.

Neymar 2023 yilning yozida “Al-Hilol” safiga qo‘shildi. Uning saudiyaliklar bilan kelishuvi 2025 yilning 30 iyun kuni yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!